«daraxt kesish» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi
Kecha, 12:47

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi

O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi
15 fevral 2024, 16:01

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi

Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi
3 yanvar 2024, 16:02

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi

Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi
21 dekabr 2023, 12:29

Senat daraxt va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting